Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini toʻlash
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, qoʻlga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qoʻlga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini toʻlashi, shuningdek agar qoʻlga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini toʻlamagan boʻlsa, mol-mulk qiymatining keyingi oʻzgarishi tufayli koʻrilgan zararni toʻlashi lozim.
Egallab olish niyatisiz oʻzganing mol-mulkidan yoki oʻzganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va oʻsha joyda mavjud narx boʻyicha toʻlashi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish