Mualliflik huquqining amal qilish muddati
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hammualliflikda yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr koʻrgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar koʻrsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi oʻz shaxsini maʼlum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga oʻrin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar qoʻllaniladi.
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta eʼlon qilingan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar eʼlon qilinganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga boʻlgan huquq va muallif obroʻsini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.
Asarga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning oʻta boshlashi uchun asos boʻladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran boshlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish