Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
Ushbu Kodeksga muvofiq mualliflik huquqi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega boʻlgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga;
mualliflarning fuqaroligi va doimiy turar joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi.
Agar asar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan soʻng oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida chop etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir boʻlgan boʻlsa, oʻsha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish