Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1105-modda

Tovar belgisiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi

Guvohnomada koʻrsatilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.

Tovar belgisiga boʻlgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalgʻishga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tovar belgisiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi, shu jumladan uni shartnoma asosida yoki huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga berish vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilmogʻi lozim.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.