Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1017-modda

Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash asoslari

Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisidagi maʼlumot notoʻgʻri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgani yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning koʻrsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki isteʼmol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qoʻllaniladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.