Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1062-modda

Xizmat asariga boʻlgan mualliflik huquqi

Xizmat vazifalarini yoki xizmat topshirigʻini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) boʻlgan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari asar muallifida saqlanib qoladi.

Xizmat asaridan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar, agar muallif bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ish beruvchiga tegishlidir.

Xizmat asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq miqdori va uni toʻlash tartibi muallif bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi. Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qatʼi nazar, muallif asar oshkor qilingan vaqtdan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa undan ham oldinroq asardan foydalanish va haq olish huquqini toʻliq hajmda qoʻlga kiritadi.

Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.

Ish beruvchi xizmat asaridan har qanday tarzda foydalanishda oʻz nomini koʻrsatishga yoxud uni koʻrsatishni talab qilishga haqlidir.

Xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining xizmat topshiriqlarini bajarish yoʻsinida ushbu Kodeks 1049-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ensiklopediyalar, ensiklopedik lugʻatlar, davriy va davomli ilmiy ishlar toʻplamlari, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlarning yaratilishiga ushbu moddaning qoidalari tatbiq etilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.