Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1014-modda

Zararning oʻrnini qoplash toʻlovlari

Jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot etganligi bilan bogʻliq zararni qoplash har oylik toʻlovlar bilan amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda sud zarar yetkazuvchining imkoniyatlarini hisobga olib, undirish huquqiga ega boʻlgan fuqaroning talabi bilan unga tegishli toʻlovlarni bir yoʻla, lekin uch yildan oshmagan vaqt uchun toʻlashni belgilashi mumkin.

Kelgusi vaqt uchun qoʻshimcha xarajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadigan muddatlarda, shuningdek tegishli xizmatlar va mol-mulk (yoʻllanma sotib olish, yoʻl haqini toʻlash, maxsus transport vositalari haqini toʻlash va hokazo) qiymatini oldindan toʻlash zaruriyati tugʻilganda amalga oshirilishi mumkin.

Jabrlanuvchi qonunga muvofiq majburiyatning bekor qilinishini yoki muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli boʻlgan hollarda, bunday talab vaqti-vaqti bilan toʻlab turiladigan tegishli toʻlovlarni kapitallashtirish yoʻli bilan qanoatlantiriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.