FuqarolikCIVIL · 1101-modda
Firma nomiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish
Yuridik shaxsning firma nomiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish va oʻtkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Firma nomiga boʻlgan huquq egasi boshqa shaxsga oʻzining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyishni istisno etuvchi choralar shart qilib qoʻyilishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish