FuqarolikCIVIL · 1100-modda
Firma nomiga boʻlgan huquqning amal qilishi
Yuridik shaxsning belgisi tariqasida Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan nomga boʻlgan alohida huquq Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Chet davlatda roʻyxatga olingan yoki umum eʼtirof etgan nomga Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida huquq qonunda nazarda tutilgan hollardagina amal qiladi.
Firma nomiga boʻlgan huquqning amal qilishi yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi oʻzgarishi bilan bekor boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish