Firma nomiga boʻlgan huquq
Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va oʻrovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma maʼlumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va oʻzining faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilayotgan koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega.
Yuridik shaxsning firma nomi uning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi. Firma nomiga boʻlgan huquq yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan darajada avval roʻyxatdan oʻtkazilgan nomga oʻxshab ketadigan boʻlsa, u roʻyxatga olinishi mumkin emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish