Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi
Oshkor etilmagan axborotga ega boʻlgan shaxs bu axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarning hammasini yoki bir qismini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.
Litsenziat shartnoma boʻyicha olgan axborotlarning maxfiyligini muhofaza qilishga doir kerakli choralarni koʻrishi shart va uni uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishidan muhofaza qilishda litsenziarniki singari huquqlarga ega. Shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, axborotlarning maxfiyligini saqlash majburiyati, basharti tegishli maʼlumotlar oshkor etilmagan axborot tariqasida qolaversa, litsenziya shartnomasi bekor boʻlganidan keyin ham litsenziatning zimmasida boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish