Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1096-modda

Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik

Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi boʻlmay turib olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga qonunan ega boʻlib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararni toʻlashi shart.

Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxs bu axborotni uni tarqatishga huquqi boʻlmagan shaxsdan olgan boʻlsa, axborotni qoʻlga kirituvchi shaxs bundan bexabar boʻlsa va buni bilmasligi kerak boʻlsa (axborotni insofli egallovchi), oshkor etilmagan axborotning qonuniy egasi axborotni insofli egallovchi axborotdan foydalanayotganligi noqonuniy ekanligini bilib qolganidan soʻng oshkor etilmagan axborotdan foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashni undan talab qilishga haqlidir.

Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega boʻlib turgan shaxs bu axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxsdan axborotdan foydalanishni darhol toʻxtatishni talab qilishga haqlidir. Biroq sud oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi undan foydalanganda sarflagan mablagʻlarini inobatga olib, bu axborotdan haq toʻlab olinadigan alohida litsenziya asosida bundan buyon ham foydalanishiga ruxsat etishi mumkin.

Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil tarzda va qonunan olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.