FuqarolikCIVIL · 1091-modda
Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza qilish
Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga (seleksiya yutuqlariga) boʻlgan huquqlar patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Seleksiya yutugʻiga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Seleksiya yutuqlariga boʻlgan huquqlar hamda bu huquqlarni muhofaza qilish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan, basharti ushbu bobning qoidalari va qonunda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning tegishincha 1084 –– 1090-moddalari qoidalari tadbiq etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish