Xizmat ixtirolari, foydali modellari, sanoat namunalari
Xodim oʻz xizmat majburiyatlarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish vaqtida yaratgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga (xizmat ixtirosiga) patent olish huquqi, basharti bu ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchiga tegishli boʻladi.
Xizmat ixtirosi, foydali modeli, sanoat namunasi uchun muallifga toʻlanadigan mukofot puli miqdori, toʻlov sharti va tartibi u bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilab qoʻyiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda qarorni sud chiqaradi. Basharti muallif va ish beruvchining xizmat ixtirosi, foydali modeli yoki sanoat namunasini yaratishga qoʻshgan hissasini aniq belgilashning iloji boʻlmasa, ish beruvchi olgan yoki oladigan foydaning yarmisiga boʻlgan huquq muallifniki deb eʼtirof etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish