Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1085-modda

Mualliflik huquqi

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga mualliflik huquqi va maxsus nom berish huquqi ixtiro, foydali model, sanoat namunasining muallifiga tegishlidir.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga boʻlgan mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifini qonun maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi afzalliklar bilan taʼmin etishi mumkin.

Talabnomada muallif tariqasida koʻrsatilgan shaxs boshqacha holat isbotlangunga qadar muallif hisoblanadi. Huquq yuzaga kelishidan avval mavjud boʻlgan faktlar va holatlargina dalil tariqasida jalb etilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.