Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, ensiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb eʼtirof etilmaydi. Biroq ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shu asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega boʻladilar.
Audiovizual asarni tayyorlovchi bu asardan foydalanilganda oʻz ismi yoki nomini koʻrsatishga yoxud ismi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.
Ensiklopediyalar, ensiklopedik lugʻatlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli toʻplamlaridan, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar ularning noshiriga tegishlidir. Bunday nashrlardan har qanday tarzda foydalanilganda noshir oʻz ismi yoki nomini koʻrsatishga yoxud ismi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir. Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, agar mualliflik shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, umuman nashrdan qatʼi nazar, oʻz asarlaridan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlarini saqlab qoladilar.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish