FuqarolikCIVIL · 978-modda
Mukofotni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror
Tanlov gʻolibiga mukofotni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror tanlov haqidagi eʼlonda belgilangan tartib va muddatlarda chiqarilishi hamda ommaviy tanlov ishtirokchilariga maʼlum qilinishi lozim.
Agar eʼlonda koʻrsatilgan natijalarga ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda bajarilgan ishida erishilgan boʻlsa, mukofot ular oʻrtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanadi. Agar bunday kelishuvga erishilmagan boʻlsa, mukofotni taqsimlash tartibini sud belgilaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish