Mukofot haqidagi oshkora vaʼdani bekor qilish
Mukofot toʻlashni oshkora eʼlon qilgan shaxs berilgan vaʼdadan xuddi shunday tartibda voz kechishga haqli, voz kechishga yoʻl qoʻyilmasligi eʼlonning oʻzida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot vaʼda qilingan harakatni sodir etish uchun muayyan muddat berilgan yoxud voz kechishni eʼlon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan shaxslar eʼlonda koʻrsatilgan harakatni bajarib boʻlgan hollar bundan mustasno.
Mukofot haqidagi oshkora vaʼdani bekor qilish mukofot toʻgʻrisida eʼlon qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u eʼlonda koʻrsatilgan harakatni bajarishi munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod qilmaydi. Qoplash miqdori barcha hollarda eʼlonda koʻrsatilgan mukofotdan ortiqcha boʻlishi mumkin emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish