Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 976-modda

Ommaviy tanlovni tashkil etish

Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik uchun pul mukofoti toʻlash yoki boshqa mukofot berish toʻgʻrisida (mukofot toʻlash toʻgʻrisida) oshkora (ommaviy tanlov) eʼlon qilgan shaxs tanlovni oʻtkazish shartlariga muvofiq uning gʻolibi deb topilgan kimsaga shartlashilgan mukofotni toʻlashi lozim.

Ommaviy tanlov tanlovni uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga taklifi matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoʻli bilan barcha xohlovchilarga qaratilganda ochiq yoki tanlovda ishtirok etishga taklif tanlovni uyushtiruvchining xohishi boʻyicha muayyan doiradagi shaxslarga yuborilganda yopiq boʻlishi mumkin.

Tanlovni uyushtiruvchi tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslarni dastlabki saralashdan oʻtkazgan taqdirda, ochiq tanlovda uning ishtirokchilarining dastlabki malakasi haqida shart qoʻyilishi mumkin.

Ommaviy tanlov toʻgʻrisidagi eʼlon topshiriqning mohiyatini nazarda tutuvchi shartlarni, ishning natijalarini yoki boshqa yutuqlarni baholash mezonlari va tartibini, ularni taqdim etish joyi, muddati va tartibini, mukofotning miqdori va shaklini, shuningdek natijalarni eʼlon qilish tartibi va muddatlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.

Tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuzish majburiyatini oʻz ichiga olgan ommaviy tanlovga nisbatan ushbu bobning qoidalari, ushbu Kodeksning 379-381-moddalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.