Yashirin shirkat
Oddiy shirkat shartnomasida uning mavjudligini uchinchi shaxslarga maʼlum qilmaslik (yashirin shirkat) nazarda tutilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki yashirin shirkat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bob qoidalari qoʻllaniladi.
Yashirin shirkat ishtirokchilaridan har biri uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklarining umumiy manfaatlarini koʻzlab oʻz nomidan tuzgan bitimlar boʻyicha oʻzining butun mol-mulki bilan javob beradi.
Sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda, ularning birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlar umumiy hisoblanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish