Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 996-modda

Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik

Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni uning vasiyi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart boʻlgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, toʻlaydi.

Vasiy yoki tashkilotning muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni toʻlash boʻyicha majburiyati, uning muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi.

Agar vasiy vafot etsa yoxud zararni toʻlash uchun yetarlicha mablagʻga ega boʻlmasa, zarar yetkazuvchining oʻzi esa bunday mablagʻga ega boʻlsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni toʻligʻicha yoki qisman zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.