Sugʻurta qiymatidan ortiq miqdorda sugʻurta qilish oqibatlari
Agar sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfining sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlsa, shartnoma sugʻurta summasining sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlgan qismida oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Bu holda sugʻurta mukofotining ortiqcha toʻlangan qismi qaytarib berilmaydi.
Agar sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta mukofoti boʻlib-boʻlib toʻlansa va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan paytgacha uning hammasi toʻlanmagan boʻlsa, qolgan sugʻurta badallari sugʻurta summasi miqdorini kamaytirishga mutanosib tarzda kamaytirilgan miqdorda toʻlanishi lozim.
Agar sugʻurta shartnomasidagi sugʻurta summasini oshirib yuborish sugʻurta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati boʻlsa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va oʻziga yetkazilgan zarar uning sugʻurta qildiruvchidan olgan sugʻurta mukofoti summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish