Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 987-modda

Zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazganlik

Zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqilmagan boʻlsa, toʻlanmaydi.

Agar gʻayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan boʻlsa, bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim.

Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli organlarga olib borish sababli yetkazilgan zarar toʻlanmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.