Zarar yetkazishning oldini olish
Kelgusida zarar yetkazilishi xavfi borligi bunday xavfni yuzaga keltiradigan faoliyatni taqiqlash toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga asos boʻlishi mumkin.
Agar yetkazilgan zarar zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati boʻlsa, sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni toʻxtatib turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli.
Tegishli faoliyatni toʻxtatib turish yoki tugatish jamoatchilik manfaatlariga zid boʻlgan taqdirdagina, sud bu haqdagi daʼvoni rad etishi mumkin. Bunday faoliyatni toʻxtatib turishni yoki tugatishni rad etish jabrlanuvchilarni ushbu faoliyat tufayli yetkazilgan zararni undirish huquqidan mahrum etmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish