Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 971-modda

Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlishining oqibatlari

Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlganda sheriklarning umumiy egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qoʻyilgan ashyolar, taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularni berib qoʻygan sheriklarga haq toʻlamasdan qaytariladi.

Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlgan paytdan boshlab uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.

Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash ushbu Kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni qoʻshgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlganda, qolgan sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan, bu ashyoni oʻziga qaytarishni talab qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.