Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari
Gʻayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Qonunda zararni toʻlash majburiyati zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Qonunchilikda yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni toʻlashdan tashqari tovon toʻlash majburiyati belgilab qoʻyilishi mumkin.
Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar oʻz aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni toʻlashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi boʻlmagan taqdirda ham zararni toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda toʻlanishi lozim.
Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish