Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlishining asoslari
Oddiy shirkat shartnomasi quyidagilar oqibatida bekor boʻladi:
sheriklardan birortasi muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilinganda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa;
sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb eʼlon qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda, agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi yoxud vafot etgan sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa;
sheriklardan birortasi oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
muddat koʻrsatilgan holda tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklardan birining talabi bilan oʻzi va qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda bekor qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
oddiy shirkat shartnomasining muddati oʻtganda;
sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
ushbu Kodeksda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarda.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish