Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 967-modda

Sheriklarning umumiy xarajatlari, zararlari va javobgarligi

Sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bogʻliq xarajatlar va zararlarni qoplash tartibi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Bunday kelishuv boʻlmaganda har bir sherik oʻzining umumiy ishga qoʻshgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda xarajatlar va zararlarni zimmasiga oladi.

Sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki zararni qoplashda ishtirok etishdan toʻliq ozod etadigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

Agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlmasa, umumiy shartnoma majburiyatlari yuzasidan har bir sherik oʻzining umumiy ishga qoʻshgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda butun mol-mulki bilan javobgar boʻladi.

Oddiy shirkat shartnomasidan kelib chiqmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha sheriklar solidar javobgar boʻladilar.

Agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlsa, sheriklar umumiy majburiyatlar boʻyicha ularning yuzaga kelish asosidan qatʼi nazar, solidar javobgar boʻladilar.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.