Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 935-modda

Mol-mulkning sugʻurta qiymati

Sugʻurta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga koʻra aniqlanadigan, sugʻurta manfaati bilan bogʻlanadigan mol-mulk qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qiymati (sugʻurta bahosi) deb hisoblanadi.

Mol-mulkning shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta qiymati ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas, shartnoma tuzilgunga qadar sugʻurta xavfini baholash boʻyicha oʻz huquqidan foydalanmagan sugʻurtalovchi bu qiymat borasida bila turib chalgʻitilgan hol bundan mustasno.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.