Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 964-modda

Sheriklarning umumiy mol-mulki

Sheriklar mulk huquqi asosida ega boʻlgan, ular tomonidan qoʻshilgan mol-mulk, shuningdek birgalikdagi faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot va bunday faoliyat tufayli olingan hosil hamda daromadlar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa yoxud majburiyatning mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, ularning umumiy ulushli mulki hisoblanadi.

Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulk, shuningdek ularning umumiy talablari va umumiy alohida huquqlari sheriklarning umumiy mol-mulkini tashkil etadi. Umumiy mol-mulkdan barcha sheriklarning manfaatlarini koʻzlab foydalaniladi.

Sheriklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya hisobini yuritish ular tomonidan oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxslardan biriga topshirilishi mumkin.

Sheriklarning umumiy mol-mulkidan foydalanish ularning kelishuviga koʻra, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.

Sheriklarning umumiy mol-mulkni asrash boʻyicha majburiyatlari va bu majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi oddiy shirkatning shartnomasida nazarda tutiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.