FuqarolikCIVIL · 963-modda
Sheriklarning qoʻshadigan hissalari
Sherik umumiy ishga qoʻshadigan hamma narsa, jumladan pul, boshqa mol-mulk, kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahorat, shuningdek ishbilarmonlik obroʻ-eʼtibori sherikning qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Sheriklar, agar oddiy shirkat shartnomasidan yoki haqiqiy holatlardan boshqacha mazmun kelib chiqmasa, qiymati boʻyicha teng hissa qoʻshadilar deb taxmin qilinadi. Sherikning qoʻshgan hissasini pulda baholash sheriklar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish