FuqarolikCIVIL · 932-modda
Sugʻurtalovchining sugʻurta xavfini baholash huquqi
Mol-mulkni sugʻurtalash shartnomasi tuzilayotganida sugʻurtalovchi sugʻurta qilinayotgan mol-mulkni koʻzdan kechirishga, zarurat boʻlganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan oʻtkazishni tashkil etishga haqli.
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi tuzilayotganida sugʻurtalovchi sugʻurta qilinayotgan shaxs sogʻligʻining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Ushbu modda asosida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli boʻlgan sugʻurta qildiruvchi uchun majburiy emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish