Konsorsium shartnomasining oʻziga xos xususiyatlari
Konsorsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Konsorsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻzining mustaqil xoʻjalik faoliyatini saqlab qolgan holda boshqa konsorsiumlarning faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Konsorsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasidagi munosabatlar yozma shaklda tuziladigan konsorsium shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Konsorsium shartnomasi sheriklariga (ishtirokchilariga) tovar bozoridagi narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shu jumladan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid boʻlgan harakatlarni kelishib olish taqiqlanadi.
Konsorsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi konsorsium shartnomasida belgilangan tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kelishilgan ishlar yakuniga yetkazilganda yoki uning sheriklari (ishtirokchilari) qaroriga asosan oʻz faoliyatini tugatadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, konsorsium shartnomasiga nisbatan ushbu bob qoidalari qoʻllaniladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish