Sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
Naf oluvchi foydasiga sugʻurta shartnomasi tuzish, shu jumladan u sugʻurtalangan shaxs boʻlganda ham, sugʻurta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sugʻurta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan boʻlsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini yoxud shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovini toʻlashni talab qilganida sugʻurtalovchi undan, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs naf oluvchi boʻlgan taqdirda ham, sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni, shu bilan birga sugʻurta qildiruvchining zimmasida boʻlgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim boʻlgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish