Sugʻurta qildiruvchining zarar qoplanishiga boʻlgan huquqlarining sugʻurtalovchiga oʻtishi (subrogatsiya)
Agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi toʻlangan summa doirasida sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurtalovchiga oʻtadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sugʻurtalovchiga oʻtishini istisno qiladigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Sugʻurtalovchiga oʻtgan talab qilish huquqi uning tomonidan sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) va zarar uchun javobgar boʻlgan shaxs oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurtalovchi oʻziga oʻtgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar va dalillarni sugʻurtalovchiga berishi hamda barcha maʼlumotlarni unga maʼlum qilishi shart.
Agar sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan oʻzining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki bu huquqni amalga oshirish sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) aybi bilan mumkin boʻlmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻliq yoki uning tegishli qismini toʻlashdan ozod qilinadi va tovonning ortiqcha toʻlangan summasini qaytarishni talab qilishga haqli boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish