Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 925-modda

Sugʻurtalovchi

Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurtalovchilar sifatida sugʻurta shartnomalarini tuzishi mumkin.

Sugʻurta tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.