Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 956-modda

Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi

Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi, ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot boʻyicha, boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha yoki zararni qoplash tartibida sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qatʼi nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga toʻlanadi.

Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxsning merosxoʻrlariga toʻlanadigan sugʻurta toʻlovi sugʻurtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.