Majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qoidalarni buzish oqibatlari
Qonun boʻyicha foydasiga majburiy sugʻurta amalga oshirilishi lozim boʻlgan shaxs, agar sugʻurta amalga oshirilmagani unga maʼlum boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi sifatida zimmasiga sugʻurtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar sugʻurta qildiruvchi sifatida sugʻurtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan boʻlsa yoki sugʻurta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan boʻlsa, u sugʻurta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sugʻurtalangan taqdirda sugʻurta tovoni toʻlashga asos boʻlishi kerak boʻlgan shartlarda javobgar boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish