Sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurtalangan shaxsning aybi bilan sugʻurta hodisasi yuz berishining oqibatlari
Agar sugʻurta hodisasi sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi, qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishi bundan mustasno.
Qonunda sugʻurta hodisasi sugʻurta qiluvchining yoki naf oluvchining qoʻpol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sugʻurtalovchini mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilish yoki tovon miqdorini kamaytirish hollari nazarda tutilishi mumkin.
Sugʻurtalovchi sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlashdan, agar zarar sugʻurtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi bilan yetkazilgan boʻlsa, ozod qilinmaydi.
Sugʻurtalovchi shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta toʻlovini toʻlashdan, agar uning vafoti oʻz joniga qasd qilish oqibatida roʻy bergan boʻlsa va bu vaqtgacha sugʻurta shartnomasi kamida ikki yil amal qilgan boʻlsa, ozod qilinmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish