Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 923-modda

Majburiy sugʻurtani amalga oshirish

Majburiy sugʻurta bunday sugʻurta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi.

Majburiy sugʻurta sugʻurta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yoʻlovchilarni majburiy sugʻurtalash bundan mustasno boʻlib, bu sugʻurta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning oʻz hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Majburiy sugʻurtalanishi lozim boʻlgan obyektlar, ular sugʻurtalanishga sabab boʻladigan xavflar va sugʻurta summasining eng kam miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.