Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 952-modda

Sugʻurta hodisasidan koʻriladigan zararni kamaytirish

Mulkiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganida, sugʻurta qildiruvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun oqilona va mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi shart. Sugʻurta qildiruvchi bunday choralarni koʻrar ekan, agar oʻziga maʼlum qilingan boʻlsa, sugʻurtalovchining koʻrsatmalariga amal qilishi lozim.

Zararni kamaytirish maqsadida qilingan, sugʻurtalovchi qoplashi lozim boʻlgan xarajatlar, agar bunday xarajatlar zarur boʻlgan boʻlsa yoki sugʻurtalovchining koʻrsatmalarini bajarish uchun qilingan boʻlsa, tegishli choralar foydasiz boʻlib chiqsa ham, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday xarajatlar sugʻurta summasining sugʻurta qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda, boshqa zararlarni qoplash bilan birgalikda ular sugʻurta summasidan oshib ketishi mumkinligidan qatʼi nazar, qoplanadi.

Sugʻurta qiluvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun qasddan choralar koʻrmagani oqibatida koʻrilgan zararni qoplashdan sugʻurtalovchi ozod qilinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.