Majburiy sugʻurta
Qonunda quyidagilarni sugʻurta qilish majburiyati belgilab qoʻyilishi mumkin:
qonunda koʻrsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulki ularning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻzining fuqaroviy javobgarligi xavfi.
Sugʻurta qildiruvchi boʻlish majburiyati qonun bilan unda koʻrsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Qonunda majburiy sugʻurtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.
Fuqaroga oʻz hayoti yoki sogʻligʻini sugʻurtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslarga bu mulkni sugʻurtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Mol-mulkni sugʻurta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sugʻurta ushbu moddaning maʼnosi jihatidan majburiy hisoblanmaydi va ushbu Kodeksning 924-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish