FuqarolikCIVIL · 950-modda
Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishi
Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlar sugʻurta shartnomasi tuzilganida manfaati nazarda tutilgan shaxsdan boshqa shaxsga oʻtganida ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar mol-mulkka boʻlgan huquq qaysi shaxsga oʻtgan boʻlsa, oʻsha shaxsga oʻtadi, ushbu Kodeksning 197 va 199-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha mol-mulkning majburiy olib qoʻyilishi hollari bundan mustasno.
Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlar oʻziga oʻtgan shaxs bu haqda sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish