Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 951-modda

Sugʻurta hodisasi yuz bergani toʻgʻrisida sugʻurtalovchini xabardor qilish

Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi yuz bergani oʻziga maʼlum boʻlganidan keyin bu haqda darhol sugʻurtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati va (yoki) usuli nazarda tutilgan boʻlsa, bu shartlashilgan muddatda va shartnomada koʻrsatilgan usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi oʻzining foydasiga tuzilgan shartnoma boʻyicha sugʻurta tovoniga boʻlgan huquqdan foydalanish niyatida boʻlsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning bajarilmasligi sugʻurtalovchiga, agar sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganini oʻz vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sugʻurtalovchida maʼlumotlar yoʻqligi uning sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatiga taʼsir etmasligi isbotlanmasa, sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish huquqini beradi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar sugʻurtalangan shaxsning vafoti yoki uning sogʻligʻiga zarar yetkazilishi sugʻurta hodisasi boʻlsa, tegishli suratda shaxsiy sugʻurta shartnomasiga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda sugʻurtalovchini xabardor qilishning shartnomada belgilanadigan muddati yigirma kundan kam boʻlishi mumkin emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.