Shaxsiy sugʻurta shartnomasi
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha bir taraf (sugʻurtalovchi) boshqa taraf (sugʻurta qildiruvchi) toʻlaydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta qildiruvchining oʻzining yoxud shartnomada koʻrsatilgan boshqa fuqaro (sugʻurtalangan shaxs)ning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga toʻlgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sugʻurta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan sugʻurta summasi doirasida sugʻurta toʻlovini bir yoʻla yoki vaqti-vaqti bilan toʻlab turish majburiyatini oladi.
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi kimning foydasini koʻzlab tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxs sugʻurta toʻlovini olish huquqiga ega boʻladi.
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs koʻrsatilmagan boʻlsa, shaxsiy sugʻurta shartnomasi sugʻurtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi koʻrsatilmagan shartnoma boʻyicha sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sugʻurtalangan shaxsning merosxoʻrlari naf oluvchilar deb tan olinadi.
Sugʻurtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs hisoblanmaydigan sugʻurta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sugʻurta shartnomasi faqat sugʻurtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, shartnoma sugʻurtalangan shaxsning daʼvosi boʻyicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxoʻrlari daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish