Shartnoma boʻyicha javobgarlikni sugʻurta qilish
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilishga qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha faqat sugʻurta qildiruvchining oʻzining javobgarlik xavfi sugʻurtalanishi mumkin. Ushbu talabga muvofiq boʻlmagan sugʻurta shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi, bu shartnoma shartlariga koʻra sugʻurta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim boʻlsa, oʻsha taraf — naf oluvchi foydasiga, hatto sugʻurta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham, sugʻurtalangan hisoblanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish