Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 918-modda

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sugʻurta qilish

Boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchining oʻzining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sugʻurtalanishi mumkin.

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfi sugʻurtalangan shaxs sugʻurta shartnomasida koʻrsatilishi lozim. Agar bu shaxs shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchining oʻzining javobgarlik xavfi sugʻurtalangan hisoblanadi.

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi, hatto shartnoma zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlgan sugʻurta qildiruvchi yoki boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud shartnomada u kimning foydasiga tuzilgani koʻrsatilmagan taqdirda ham, zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan shaxslar (naf oluvchilar) foydasiga tuzilgan deb hisoblanadi.

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik uni sugʻurta qilish majburiy boʻlgani sababli sugʻurtalangan taqdirda, shuningdek qonunda yoki bunday javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda sugʻurta shartnomasi oʻz foydasiga tuzilgan deb hisoblanuvchi shaxs zararni sugʻurta summasi doirasida toʻlash toʻgʻrisida bevosita sugʻurtalovchiga talab qoʻyishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.