Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 917-modda

Mol-mulkni sugʻurta qilish

Mol-mulk uning asralishidan qonunchilikka yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega boʻlgan shaxs (sugʻurta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga, uning mulkdori, mol-mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqqa ega boʻlgan shaxs, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, vositachi va boshqa shu kabilar foydasiga sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin.

Sugʻurtalangan mol-mulkning asralishidan sugʻurta qildiruvchida va naf oluvchida manfaat boʻlmagan paytda tuzilgan mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasi haqiqiy emas.

Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi koʻrsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sugʻurta qildiruvchiga egasining nomi koʻrsatilmagan polis beriladi. Bunday shartnoma boʻyicha huquqlarni amalga oshirishda bu polisni sugʻurtalovchiga taqdim etish zarur.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.