Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 946-modda

Sugʻurta qildiruvchini almashtirish

Mol-mulkni sugʻurtalash shartnomasini tuzgan sugʻurta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari bu mol-mulkni meros tartibida qabul qilib olgan shaxsga oʻtadi. Mulk huquqi oʻtishining boshqa hollarida sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari, agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, sugʻurtalovchining roziligi bilan yangi mulkdorga oʻtadi.

Shaxsiy sugʻurta shartnomasini sugʻurtalangan shaxs foydasiga tuzgan sugʻurta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, ushbu shartnoma bilan belgilanadigan huquq va majburiyatlar sugʻurtalangan shaxsning roziligi bilan unga oʻtadi. Sugʻurtalangan shaxs sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini bajarishi mumkin boʻlmasa, uning huquqlari va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq uning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi shaxslarga oʻtishi mumkin.

Agar sugʻurta shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta qildiruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, bunday sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini uning vasiyi yoki homiysi oladi. Bunda sugʻurta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sugʻurtasi uning muomala layoqati tugagan yoki cheklangan paytdan boshlab tugaydi.

Yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasi davrida qayta tashkil etilganida uning ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari sugʻurtalovchining roziligi bilan tegishli huquqiy vorisga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.