FuqarolikCIVIL · 945-modda
Naf oluvchini almashtirish
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan naf oluvchini boshqa shaxsga, bu haqda sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, almashtirishga haqli. Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxsning roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirishga faqat shu shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Naf oluvchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha bironta majburiyatni bajarganidan yoki sugʻurta tovonini yoxud sugʻurta toʻlovini toʻlash toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga talab qoʻyganidan keyin u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish